eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

MOQda terma jamoa shifokorlari ishtirokida 24 soatlik malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmon bilan davlat idoralarini yangi bosqichga olib chiqish, har bir sohani yana-da rivojlantirish borasida islohotlar nazarda tutilgan.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan respublikada faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, murabbiylar va mutasaddilar ishtirokida uzluksiz kasbiy taʼlimni taʼminlash maqsadida antidoping malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda.

Bugun, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiyalarning sport shifokorlari uchun 24 soatlik malaka oshirish kursi boshlandi.

Uch kunga mo‘ljallangan antidoping malaka oshirish kursida antidoping qoidabuzarliklari, ADAMS platformasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, terapevtik instisnodan qanday foydalanish va doping sinama topshirish vaqtida sportchining majburiyati va huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda.

Malaka oshirish kursi yakunida sertifikatlar topshiriladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish