O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-14 sonli RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAOLIYATINI SAMARALI YO‘LGA QO‘YISHGA DOIR BIRINCHI NAVBATDAGI TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Farmoni qabul qilingan bo‘lib ushbu farmon bilan davlat idoralarini yangi bosqichga olib chiqish, xar bir sohani yana-da rivojlantirish borasida islohotlar nazarda tutilgan.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan "Dopingga
qarshi kurash" mavzusida turkum tarqatma materiallar bazasi yaratildi va respublikadagi sport muassasalariga tarqatildi.
Jumladan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlardagi sport muassasalarida "dopingga qarshi kurash" tashviqot va targ‘ibot tadbirlari va tematik ko‘rgazma materiallaridan sport shifokorlari, murabbiylar va sportchilar foydalanmoqda.