eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida dopingga qarshi targ‘ibot ishlari samarali olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmon bilan davlat idoralarini yangi bosqichga olib chiqish, har bir sohani yana-da rivojlantirish borasida islohotlar nazarda tutilgan.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan “Dopingga qarshi kurash” mavzusida turkum tarqatma materiallar bazasi yaratildi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi ko‘magida respublikadagi sport muassasalariga tarqatildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatlardagi sport muassasalarida "Dopingga qarshi kurash" tashviqot va targ‘ibot tadbirlari va tematik ko‘rgazma materiallaridan sport shifokorlari, murabbiylar va sportchilar foydalanmoqda.

Bunday targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad dopingning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sportchilar bilan bir qatorda sport shifokorlari va murabbiylar, qo‘yingki barcha sohaga aloqador insonlar bilishi va halol raqobat muhitini shakllantirishdir.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish