O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov Germaniya Olimpiya sport konfederatsiyasi qoshidagi tibbiy ekspertlar qo‘mitasi rahbari Kristian Shnayder qabul qildi.
Dastlab, A.Sadikov Agentlik faoliyati jumladan, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Shundan so‘ng, K.Shnayder o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, ADAMS tizimi, terapevtik istisnolar va Antidoping taʼlim dasturlari bo‘yicha yangicha yondashuvni olib kirish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, Agentlik tomonidan federatsiya va assotsiatsiyalar sportchilari va murabbiylari ishtirokida o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlar hamda viloyatlardagi sport shifokorlari uchun 24 soatlik malaka oshirish kurslari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.