eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Prezident qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan agentlik zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, antidoping nazorati va monitoringi sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish shular jumlasidandir.

Bunda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish, sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasini yaratish hamda bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy etish nazarda tutilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlik direktori A.Sadikov va agentlik xodimlari N.Eshquvvatov, A.Mansurovalar hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mazkur loyihalarni amalga oshirish va mamlakatda antidoping nazorati va monitoringi sohalarini raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish borasida fikr mulohazalar yuritildi. Sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi va Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformalarini yaratishda my.gov.uz portali bilan integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Antidoping ta‘lim elektron platformasi ishga tushirilgandan so‘ng terma jamoa va xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi sportchilar ushbu platformadagi o‘quv kurslarni tamomlashi va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishi, bu orqali esa musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yiladi.

Bu esa o‘z navbatida sportchilar xalqaro musobaqalarda ulardan doping sinamalar olish jarayonidagi huquq va majburiyatlarini to‘liq anglashiga hamda antidoping qoidalariga to‘liq rioya qilishlariga sabab bo‘ladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish