O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan Agentlik zimmasiga ko‘plab vazifalar yuklatilgan bo‘lib, shulardan biri respublikada faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari va murabbiylar ishtirokida 24 soatlik malaka oshirish kurslarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik xodimlari tomonidan Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari va murabbiylar uchun 3 kunga mo‘ljallangan 24 soatlik antidoping malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan antidoping taʼlim dasturlari, terapevtik istisnolar, ADAMS flatformasi va doping sinamalar topshirish vaqtida sportchi, murabbiy, sport shifokorining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Malaka oshirish kursi davomida 132 nafar ishtirokchilarga Agentlik tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etildi.