Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi mazkur qaror bilan Agentlikka qator vazifalar yuklatilgan.
Jumladan, xalqaro antidoping agentliklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan xolda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlarni xorij mamlakatlariga koʻrsatish va xalqaro tajribani oʻrganish shular jumlasidandir.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 13-14-sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOSA)ning navbatdagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Mazkur yigʻilishda RADOCAga aʼzo mamlakatlar oʻzlari tomonidan dopingga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisoboti tinglanadi va oldindagi yangi rejalar boʻyicha takliflari koʻrib chiqiladi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz RADOCAga Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Turkmaniston, Tojikiston, Moʻgʻuliston, Pokiston va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentliklari aʼzo hisoblanadi.
RADOCA Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tarkibiga kiruvchi tashkilot boʻlib, mamlakatlarda antidoping sohasidagi faoliyatini monitoring qilib, ularga amaliy yordam beruvchi tashkilot hisoblanadi. 2004-yil WADAning mamlakatlarda halol sportni yoʻlga qoʻyish, mamlakatlarni toza sportga jalb qilish dasturiga asosan tashkil etilgan tashkilot hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyo boʻylab 12 ta RADOCA faoliyat olib bormoqda unga 119 ta Milliy antidoping agentliklari va Milliy olimpiya qoʻmitalari aʼzo hisoblanadi.