Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi mazkur qaror bilan Agentlikka qator vazifalar yuklatilgan.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan sport shifokorlari va murabbiylar uchun 24 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Shu kabi malaka oshirish kursi respublikaning olis hududi Xorazm viloyatida oʻtkazildi. Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtgan malaka oshirish kursida 120 dan ortiq sport shifokori va murabbiylar ishtirok etishdi va malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Bu kabi malaka oshirish kurslari respublikaning barcha hududlarida oʻtkazib kelinmoqda.