eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Prezident qarori ijrosi amalda yoxud Koreya bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror qabul qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligiga qator vazifalar yuklatildi. Jumladan, Agentlik xodimlarini malakasini oshirish maqsadida xalqaro antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda xorij tajribasini mamlakatimizda joriy qilish belgilangan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik uzoq yillardan beri samarali faoliyat olib borayotgan Koreya antidoping agentligi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shu kunga qadar 10 nafar Agentlik xodimi Koreya antidoping agentligida malaka oshirdi. Navbatdagi tajriba almashish va malaka oshirish kurslari Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligida boʻlib oʻtadi.

Bugun shu masala yuzasidan Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va Koreya antidoping agentligi direktori K.Kim oʻrtasida onlayn tarzda yigʻilish oʻtkazildi. Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston va Koreya antidoping agentliklari xodimlari ham ishtirok etishdi.

Yigʻilishda asosiy masala navbatdagi tajriba almashish va malaka oshirish kurslarida terapevtik istisnolar, ADAMS platformasi, antidoping taʼlim dasturlari va doping nazorati yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish