Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror ijrosini taʼminlash va Agentlik xodimlarini malakasini oshirish maqsadida xalqaro antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va xorij tajribasini mamlakatimizda joriy qilish belgilangan.
Joriy yilning 26-28-iyul kunlari Butunjahon antidoping agentligi hamkorligida Osiyo okeaniya mintaqasi antidoping agentliklari uchun antidoping taʼlim dasturlari boʻyicha Singapurda “Antidoping taʼlim dasturlari-2023» simpoziumi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur simpoziumda Osiyo okeaniya mintaqasi antidoping agentliklari antidoping taʼlim dasturlariga masʼul xodimlar ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi xodimlari ham ushbu yillik simpoziumda ishtirok etishmoqda.