O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»giPF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida mehrga muhtoj nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday xayrli tadbirlardan biri kuni kecha 75 yoshni qarshi olgan O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovni ulug‘ yoshni qarshilashi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari yo‘qlashdi. Sport fayriysiga esdalik uchun zar chopon kiydirildi va mamlakatimizda o‘zbek sporti, xususan, halol sport targ‘iboti yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun tashakkurnoma taqdim etildi.
Alohida taʼkidlab o‘tish lozim, Bahodir Maxsitovich o‘zbek sporti rivoji uchun ulkan ishlar qilgan shaxs hisoblanadi. Taqqoslash uchun Lillexammer-1994 qishki, Atlanta-1996 yozgi Olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston sifatida ishtirok etgan delegatsiyamiz ilk medalni aynan B.Maxsitov mamlakatimizda sport sohasiga masʼul bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri keladi.