eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Xalqaro hamkorlik davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligiga qator vazifalar yuklatildi. Jumladan, Agentlik xodimlarini malakasini oshirish maqsadida xalqaro antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda xorij tajribasini mamlakatimizda joriy qilish belgilangan.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Koreya antidoping agentligi bilan xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan memorandum imzolangan. Memorandumga muvofiq dastlab O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari Koreyaga borgan xolda malaka oshirishgan bo‘lsa, ayni kunlarda Koreya antidoping agentligi xodimlari mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar antidoping taʼlim dasturlari, terapevtik istisnolar, ADAMS platformasi va doping nazorati jarayoni bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz Koreya antidoping agentligi 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu kunga qadar faoliyat olib bormoqda. Taʼkidlash joiz Koreya antidoping agentligi nafaqat Osiyoda balki dunyo bo‘yicha ham yuqori o‘rinlarni egallab turgan tashkilotlardan biridir.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish