Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)ning navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda RADOCAga aʼzo mamlakatlar o‘zlari tomonidan dopingga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglanadi va oldindagi yangi rejalar bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi.
Yig‘ilishda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha bosh menejeri Ieva Lukosiute-Stanikuniene hamda WADAning Osiyo/Okeaniya bo'yicha menejeri Saravana Perumallar tashrifi rejalashtirilgan.
Tashrif davomida mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishi bilan bir qatorda, ushbu sohadagi mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan.