eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Navbatdagi malaka oshirish kursi Surxondaryoda oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida agentlik tomonidan ishlab chiqilgan reja grafik asosida respublikada faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari va murabbiylariga antidoping malaka oshirish kurslari tashkil qilib kelinmoqda.

Navbatdagi antidoping malaka oshirish kursi Surxondaryo viloyatida tashkil etilmoqda. 3 kunga moʻljallangan oʻquv seminarda antidoping qoidabuzarliklar, ADAMS platformasidan samarali foydalanish, doping sinama topshirish jarayonida sportchi va uning vakilining huquq va majburiyatlari hamda ADEL platformasidan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Seminar yakunida ishtirokchilarni oʻzlashtirish darajasiga qarab maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz, yil boshidan beri shu kunga qadar 1200 dan ziyod sport shifokori va murabbiylar oʻqitildi hamda sertifikatlar taqdim etilgan.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish