eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

A.Sadikov Parijda o‘tkazilayotgan Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-26-oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov mamlakat nomidan ishtirok etmoqda. 25-oktyabr kuni sessiyaning birinchi kunida ochilish marosimi o‘tkazildi va sessiyada belgilangan masalalar yuzasidan muxokamalar bo‘lib o‘tdi.

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov bir qator nufuzli tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, A.Sadikov Butunjahon antidoping agentligi bosh direktori Olivye Niggli bilan uchrashdi.

“Mamlakatimizda barcha sohalar kabi antidoping sohasiga ham hukumat darajasida juda katta eʼtibor qaratilayotganligi, buning natijasi o‘laroq O‘zbekistonda doping aniqlanishlar soni keskin kamayib bormoqda”, - dedi A.Sadikov. O‘z navbatida Olivye Niggli O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ga aʼzo davlatlar orasida nufuzli natijalarni ko‘rsatayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, Xalqaro testlash agentligi (ITA) Xalqaro aloqalar bo‘yicha katta menejeri, Daniya Milliy antidoping agentligi direktori Michael Ask bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda, xalqaro darajadagi doping nazorati xodimlari sonini yana-da ko‘paytirish va xalqaro darajadagi musobaqalarda vakillarimizni ishtirokini taʼminlash yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish