eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

WADAning 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxati kuchga kirdi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) sportchilarni, ularni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarni va barcha manfaatdor tomonlarni 2024-yilgi asosiy o‘zgarishlardan biri bo‘lgan tramadolga alohida ahamiyat berishga chaqiradi.

WADA manfaatdor tomonlarga 1-yanvardan boshlab 2024-yilgi taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati hamda 2024-yilgi Monitoring dasturining kuchga kirishini eslatib o‘tadi. Taʼkidlash joizki, 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxat WADA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 2023-yil 22-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tasdiqlangan va birinchi marta 2023-yilning 28-sentyabr kuni eʼlon qilingan edi.

Ro‘yxat Butunjahon antidoping kodeksini imzolagan barcha mamlakatlar chun majburiy bo‘lgan sakkizta xalqaro standartlardan biri bo‘lib, unda musobaqa va musobaqadan tashqari davrlarda qanday moddalar va usullar taqiqlanganligi va qaysi moddalar alohida sport turlarida taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxatga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar eʼlon qilingan edi.

Terapevtik istisnolar dasturi

Shuni taʼkidlash kerakki, ro‘yxatdagi taqiqlangan modda yoki usuldan qonuniy tibbiy sababga ega bo‘lgan sportchilar istisno tarzida terapevtik maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Buning uchun sportchi va uning shifokori tomonidan terapevtik istisno (TI)lar xalqaro standartida ko‘rsatilgan mezonlarga javob beradigan ariza yuborish talab etiladi. TI dasturi elit sportning qatʼiy va zaruriy qismi bo‘lib, unga sportchilar, shifokorlar va antidopingga qarshi manfaatdor tomonlar tomonidan yuborilgan maxsus ariza shaklini ko‘rib chiqish orqali ruxsat beriladi.

Antidoping taʼlimi resurslari

Yuqoridagi maʼlumotlarga qo‘shimcha ravishda, WADA Kodeksga rioya qilishni qo‘llab-quvvatlash dasturining bir qismi sifatida bir qator taʼlim resurslarini taqdim etadi. Ushbu taʼlim resurslariga Agentlikning antidoping taʼlim platformasi (ADELorqali kirish mumkin. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Kodeksga rioya qilishni qo‘llab-quvvatlash dasturining nazorat ro‘yxati;

• Sportchi va sportchilarni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar uchun tramadol haqida maʼlumot;

tramadol haqida tibbiy mutaxassislar fikri;

• 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxat bo‘yicha sportchi va sportchilarni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar uchun qo‘llanma.

O‘zbekiston milliy antidoping agentligi O‘zbekistonlik barcha sportchilar, murabbiylar, sport shifokorlari va boshqa mutasaddilarni ogohlikka chaqiradi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish