eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Prezident qarori ijrosi amalda yoxud Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xolda antidoping sohasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan uzoqqa mo‘ljallangan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, antidoping taʼlimoti sohasida keng maʼlumotlar almashishni joriy qilish, shuningdek, o‘quv va uslubiy faoliyat samaradorligini oshirish, sportchi va trenerlarning antidoping taʼlimoti bo‘yicha bilim va salohiyatini oshirishdir. Bundan tashqari universitetda taʼlim olayotgan magistrlarga antidoping sohasiga oid qo‘shma tadbirlar va loyihalarni ilgari surish, amalga oshirishda ko‘maklashish hamda o‘zaro hamkorlik qilish, antidoping taʼlimoti sohasida keng maʼlumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv va uslubiy faoliyatning samaradorligini oshirish belgilangan.

Qolaversa, tomonlar, jismoniy tarbiya va sport hamda antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, mavjud dolzarb muammoli mavzular bo‘yicha ilmiy maqolalar, monografiyalar tayyorlash va nashr etish, seminarlar, respublika miqyosdagi konferensiyalar tashkil etish, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan elektron platformalar va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘quv jarayonlariga tatbiq qilish, Agentlik bilan kelishgan holda Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali xodimlarni universitetning o‘quv jarayonlariga jalb qilish, malakali kadrlarni tayyorlash borasida xorijiy antidoping agentliklarining tajribasini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Ushbu memorandumdan ko‘zlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar va dasturlar ham ishlab chiqiladi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish