eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

RADOCAning navbatdagi hisobot yig‘ilishi ham Toshkentda o‘tkazildi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) xalqaro tashkilot bo‘lib, ayrim mamlakatlardagi o‘z ishini mintaqaviy va milliy antidoping tashkilotlari (RADO va NADO)ga topshiradi va bu tashkilotlar Butunjahon antidoping kodeksiga rioya qiladi. Mintaqalarda joylashgan davlatlar ushbu tashkilotlar tarkibiga kiradi.

Odatda har yili Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ga aʼzo mamlakatlar o‘z mintaqalarida hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazishadi. O‘zbekiston mintaqadagi joylashuviga ko‘ra Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Mo‘g‘iliston, Tojikiston davlatlari bilan RADOCA tarkibiga kiradi. RADOCA yig‘ilishi 2023-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi. 2024-yilgi hisobot yig‘ilishi ham aynan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tdi.

Bugun Sport vazirligi majlislar zalida ushbu tashkilotning yillik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Dastlab Milliy antidoping agentliklari  tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng, yechimini topmayotgan, ko‘p davlatlarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar bo‘yicha takliflar eshitildi va kerakli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan WADA rahbariyati bunday yig‘ilishlarni ko‘proq tashkil qilish, fikr almashish va masalalarni birgalikda hal qilish kerakligini taʼkidlab o‘tdi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish