eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zbekistonda ilk bor maxsus antidoping sertifikati Og‘ir atletika federatsiyasi musobaqalarida joriy etiladi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda “Dopingga qarshi kurash” mavzusida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda 2023-2024 yillarda o‘tkazilgan milliy musobaqalar tahlili hamda ularda doping nazorati va uning natijalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Qayd etilishicha, 2024 yilda o‘tkazilgan 5 ta milliy musobaqalarda umumiy ishtirokchilar soni 1010 nafarni tashkil etgan va bu 2023 yilga (987 nafar) nisbatan 2,33 foizga ko‘p hisoblanadi.

Shuningdek, Butunjahon antidoping agentligi (VADA) tomonidan sportchi va trenerlardan xalqaro musobaqalarda talab qilinayotgan maxsus sertifikat bo‘yicha maʼlumot berildi, yurtimizda ham bu borada ishlar faol yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Eʼtiborlisi, O‘zbekiston sport federatsiyalari orasida birinchi bo‘lib UzNADAning maxsus sertifikati bo‘yicha aynan Og‘ir atletika federatsiyasi tashabbus bilan chiqayotgani alohida eʼtirof etildi.

Seminar davomida yangi ishga tushirilgan Antidoping taʼlim elektron platformasini yaratishdan maqsad sportchilarni antidoping taʼlimoti bilan taʼminlash va bilmagan holda antidoping qoidabuzarliklarining sodir etilishining oldini olish hamda halol sport tamoyilini amalga oshirishdan iborat ekanligini aytdi.

Yig‘ilish yakunida Og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda sportchilar va murabbiylar maxsus antidoping sertifikatini olgan holda ishtirok etishi mumkinligi taʼkidlandi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish