eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Bo‘lajak chempionlarga antidoping qoidabuzarligi bo‘yicha huquq va majburiyatlari tushuntirildi

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan sportda doping qo‘llanishining oldini olish va sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidalarini o‘rgatish, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun ilmiy-amaliy konferensiya va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, sportchilarni huquq va majburiyatlarini o‘rgatish vazifalari yuklatilgan.

Shu maqsadda Agentlik tomonidan Respublikamizdagi sport taʼlim muassasalari, federatsiya va assotsiatsiyalarda faoliyat olib borayotgan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga reja grafik asosida antidoping qoidabuzarlik yuzasidan o‘quv-seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangidan qurib foydalanishga topshirilgan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tahsil olayotgan yosh sportchilar va sport shifokorlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida “Antidoping taʼlim elektron platformasi” shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bo‘lajak chempionlar kelajakda mamlakat bayrog‘ini jahon arenalarida ko‘tarib halol g‘alabalarga erishishi uchun hozirdan ularga antidoping qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha tushunchalar berib borish lozim. Sportchilarga jismoniy mashg‘ulotlarning o‘zi kamlik qiladi. Ularga nazariy bilimlar bilan bir qatorda antidoping sohasida huquq va majburiyatlarini ham eslatib o‘tish kerak.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish