eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Diqqat! Muhim maʼlumot

 

Xitoy, Meksika va Gvatemala davlatlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida klenbuterol moddasi mavjud bo‘lishi ehtimoli tufayli, mazkur mamlakatlarda bo‘lib qaytgan sportchilardan olingan doping sinamalarda ushbu moddaning aniqlanishi holatlari kuzatilishi mumkin. Agar sportchi topshirgan doping sinamasida klenbuterol moddasiga nisbatan ijobiy natija aniqlansa, ushbu holat yuzasidan quyidagi maʼlumotlar aniqlashtirilishi zarur:

·         Sportchi yaqin vaqt ichida Xitoy, Meksika yoki Gvatemala davlatlarida bo‘lgan-bo‘lmagani;

·         Ushbu davlatlarda bo‘lgan taqdirda, sportchi go‘sht isteʼmol qilgan yoki qilmagani, agar qilgan bo‘lsa:

o    Isteʼmol qilingan go‘shtning turi (masalan, mol, qo‘y va h.k.);

o    Go‘sht qachon, qayerda va qanday miqdorda isteʼmol qilingani.

Shuningdek, sportchining yaqinda topshirgan boshqa doping sinamalari ham ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ushbu sinamalarda klenbuterol moddasi aniqlanmagan bo‘lsa, va faqatgina yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda bo‘lib, u yerda go‘sht isteʼmol qilinganidan so‘ng mazkur modda aniqlangan bo‘lsa, sportchi mazkur holatning aynan klenbuterol bilan ifloslangan go‘shtni isteʼmol qilish oqibati ekanini dalillar bilan isbotlab berishi shart bo‘ladi.

Agar sportchi bunday dalillarni taqdim etolmasa, ushbu holat antidoping qoidabuzarligi sifatida baholanadi va tegishli sanksiyalar qo‘llaniladi.

Shu munosabat bilan, sportchilar va jamoa mutaxassislariga mazkur mamlakatlarga o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari, musobaqalar va boshqa tadbirlar uchun boradigan sportchilardan ovqat isteʼmoliga alohida eʼtibor qaratish, go‘shtli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.

Qonunchilikka muvofiq, agar sportchidan olingan doping sinama tahlili ushbu moddaga ijobiy chiqsa, u holda moddaning tasodifan organizmga tushganini mustaqil dalillar bilan isbotlab berish masʼuliyati sportchining zimmasida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, klenbuterol "Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati"ning S1. Anabolik agentlar guruhiga kiritilgan taqiqlangan modda hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish