Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlangan “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashda doping qoʻllanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ–5280-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 18-oktyabr kuni Sportni rivojlantirish vazirligi binosida qoʻshma tadbir tashkil etildi
Qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan uzoqqa mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi. Dasturda – sportchilar va trenerlarni «shaffof sport»ga targ‘ib qilish, sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan to‘g‘ri foydalanish borasida sportchilar, trenerlarning madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish, sportchilarni antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlash hamda sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Toshkent farmatsevtika instituti mutaxassislari Agentligimizga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida mutaxassislar sportda taqiqlangan dori vositalari inson salomatligiga taʼsiri to‘g‘risida so‘z olib borishdi.
“Baʼzi sportchilarni o‘zlari bizni oldimizga kelib, men taqiqlangan dori isteʼmol qilganman bir haftadan so‘ng musobaqam bor menga doping aniqlanmaydigan dorilardan bering deyish holatlari ko‘p uchraydi”, deydi Toshkent farmatsevtika instituti mutaxassislari.
Uchrashuv yakunida reja asosida Respublika bo‘ylab o‘quv-seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati