eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tanqid, tahlil va mulohaza: Terapevtik istisnolar bo'yicha komissiyasining yillik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

To‘rt yillikning eng katta sport tadbiri bo‘lgan Olimpiya o‘yinlariga hozirdan tayyorgarlik olib borilmoqda va sportchilar litsenzion musobaqalarga tayyorgarlikni olib borishmoqda. Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida halol sport orqali yuqori natijalarni qayt etish eng oliy maqsad hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan Agentlik huzuridagi terapevtik istisnolar komissiyasining 2023-yilgi faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari va Agentlik huzuridagi terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiyasi aʼzolari, Respublika Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaz shifokorlari, Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari mutaxassislari hamda Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar sport shifokorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi A.Karimov va Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimovlar mamlakatimizda antidoping sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar o‘z samarasini berayotgani va buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi VADAning 2023-yil dekabr oyidagi yillik hisobotida dunyodagi 206 ta mamlakatlar orasida kuchli 1-guruhga kirganligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish borasidagi tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan holda faoliyat olib bormoqda. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida chekka hududlarga chiqqan holda sportchi, murabbiy va sport shifokorlari uchun antidoping o‘quv-seminarlari, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. Reja asosida sportchilardan doping sinamalar olinib, ularga doimiy tushuntirish ishlari o‘tkazib kelinmoqda” dedi - O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov.

Seminar davomida Agentlik bo‘lim boshlig‘i A. Soliyev o‘z maʼruzada sportda taqiqlangan moddalar va usullardan istisno tarzida terapevtik maqsadlarda foydalanish, terapevtik istisnoning sportdagi o‘rni, uning talab va mezonlari, shuningdek, Agentlik huzurida tashkil etilgan terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiyaning faoliyati va oldindagi rejalari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berdi. Bundan tashqari, Butunjahon antidoping agentligi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati”dagi o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, 2020-2023-yillar kesimida o‘zbek sportchilarining ijobiy doping statistikasi tahlil qilindi. Qolaversa, terapevtik istisnodan foydalanish bilan bog‘liq axloqiy va huquqiy jihatlar ham muhokama qilindi hamda yig‘ilganlarga glyukokortikosteroidlar farmakologiyasi va sportda qo‘llanilishi borasida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan terapevtik istisnolar komissiyasining yillik hisobotida sport federatsiya va assotsiatsiyalar sport shifokorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Bu kabi hisobot yig‘ilishlariga sport shifokorlarini jalb qilishdan maqsad, ularni yangi qabul qilinayotgan qonun-qoidalar, o‘zgarishlar va yangiliklardan xabardor qilishdir. Zero, sportchini sog‘ligi, sportda taqiqlangan dori vositalarini qabul qilmasligi va davolanish vaqtida terapevtik istisno arizasini to‘g‘ri qo‘llash uchun aynan sport shifokorlari masʼul hisoblanadi. Shu sababli ham Respublikamiz bo‘ylab sport shifokorlari uchun antidoping o‘quv-seminarlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish